MEDIAMATN TUSHUNCHASI VA UNING TARKIBIY QISMLARI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Kommunikativ rivojlanish, tadqiqot, global tarmoq.Аннотация
Annotatsiya: “Ma’lumki, jahon tilshunosligida matnga dastlab asosan semantik va sintaktik nuqtai nazardan yondashilgan. Keyingi yillarda, xususan, XXI asr boshlaridan matnni lingvokulturologik, pragmatik, sosiolingvistik, kognitiv va psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq etish tendensiyasi kuchaydi. Matnga faqat til tizimi unsurlarining nutqqa ko‘chirilishi jarayoni mahsuli sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan muloqot shakli, o‘zida muayyan intellekt egasining bilimlarini, lisoniy tafakkurini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi”[1]. Demak, inson ongi va tafakkuri ulkan kashfiyotlar, yangi ajablanarli tadqiqotlar bajarayotgan hozirgi davrda bu tushunchaga ham zamonaviy yondashuvni talab etmoqda. Chunki fikrning yozma ifodasi matnda aks etadi.
[1] Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. – Тошкент: “Фан”, 2013.
Библиографические ссылки
Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. – Тошкент: “Фан”, 2013. http://fikr.uz/tag/медиа%20таълим%20муаммолари/
Тешабоева Д. Оммавий ахборот воситалари тилининг нутқ маданияти
аспектида тадқиқи (Ўзбекистон Республикаси ОАВ мисолида). Филол.ф.док. дисс., 2012. 50-бет.