USTOZNING MAQOMI ULUG` SANALGAN YURT
##article.abstract##
Ilm-fan va ta’lim tizimi rivoji insoniyat rivojining asosi hisoblanadi. Jumladan, har qanday davlatning rivojlanishi, farovonligi bevosita shu davlatda ta’lim-tarbiyaga qanday munosbatda ekanligi bilan bog`liqligini hozirgi kunda rivojlangan davlatlar misolida ko`rishimiz mumkin. Ta’lim tizimining taraqqiyoti jamiyatning barcha sohalaridagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Zero, ilm yo‘q joyda o‘zgarish va yangilanish bo‘lmaydi. Bugungi dunyo tez suratlarda o‘zgarmoqda, globallashuv jarayoni, taraqqiyot har daqiqada ilgarilamoqda. Davlatimiz o‘zligimizni saqlab qolish, jahonda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lish uchun hamma sohalarda, jumladan ta’lim sohasida xalqaro darajada islohotlar olib borilmoqda. Ilm-fan va ta’lim-tarbiyaga mamlakatimizda davlat miqyosida ulkan e’tibor qaratilmoqda. Qayerdaki, yoshlar ta’lim-tarbiyasi o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, shu joyda jamiyat tanazzulga uchraydi. Shuning uchun ham azaldan yurtimizda ta’lim-tarbiya, uni olib borishda mas’ullikni oluvchi tarbiyachilarning, ustozlarning maqomi ulug` sanalgan.
##submission.citations##
Foydalanilgan adabiyotlar:
Zunnunov A. Pedagogika tarixi. “Sharq” nashriyoti.-T., 2004.-12 - b.
Zunnunov A. Pedagogika tarixi. “Sharq” nashriyoti.-T., 2004.-16 - b.
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. Toshkent.:O‘qituvchi, 1992. 7-b
Shavkat Mirziyoyev.O’qituvchi va murabbiylar – yangi O’zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir. O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrigi,” Xalq so’zi”, 2020-yil 1-oktyabr. № 207. (7709) 3-bet
O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 1 fevraldagi O‘RQ-901-sonli “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-6786401