USTOZLARIM-HAYOT YO’LLARIMNI YORITUVCHI MASH’ALIM!
Abstrak
O'qituvchilar- inson hayoti uchun bilim va tarbiya beruvchi eng muxim insonlardandir. Har bir shaxsning hayotida ustozi, hayot so'qmoqlarida yo'l ko'satuvchi murabbiysi bo'ladi.Xoh uning hayot saboqlarini beruvchi buvasi bo'lsin, xoh ta'lim beruvchi murabbiysi. Insonning hayot so'qmoqlaridan o'tishga yordam beradigan, uni har taraflama mukammal va o'z hayot yo'llarida adashgan va qilgan xatolarini takrorlamaslik uchun jonini fido qilguvchi jonkuyar shaxslar- bu ustozlar bo'ladi.. Har bir kishi uning ta'limiga va saboqlariga tayangan holda hayotning ilk va eng muhim saboqlarini olish bilan o'z hayot yo'llarini quradi va shu tahlidda o'z dunyoqarashini shakllantiradi.Hozirda ko'p yoshlar orasida noto'g'ri tushuncha mavjud. Ya'ni ustozlar faqat fan ta’limini berishadi? Ha, balki bu tushuncha sizda ham bordir.Keling, shuni kengroq ko'rib chiqamiz. Ustozlari o'zi kim? Ulardan qanday saboq olamiz? Hozirda ustozlarning qadri qanchalik muhim?