O‘ZBEK TILIDA ISTE’MOL DOIRASI CHEGARALANGAN SO‘ZLAR ( Tabu va evfemizmlar)

##article.authors##

  • Maqsudova Feruza ##default.groups.name.author##

##article.abstract##

Tabu (polinezcha — taqiqlash) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,u quyidagi ma’nolarda qo‘llaniladi:

  1. Ibtidoiy jamiyat bosqichidagi xalqlarda tarqalgan taqiqlash
  2. Tilshunoslikda muayyan so‘zlar, iboralar yoki atoqli otlarni qoʻllashni taqiqlash, man Tabuning eng mukammal koʻrinishi Polineziyada saqlangan. Bu soʻz aslida Polineziyada paydo bo‘lgan boʻlib, dastlab mashhur ingliz dengiz sayyohi J.Kuk tomonidan Yevropaga maʼlum qilingan va bayon etib berilgan. Polineziya xalqlari diniy eʼtiqodlariga koʻra, har bir inson tugʻilishi bilan qudratli gʻayritabiiy kuch — "mana"ga ega boʻladi. "Mana" juda xavfli boʻlib, birovga tegsa oʻlim keltirishi mumkin. U tabaqalarga qarab har xil kuchga ega, qullarda "mana" boʻlmagan, ammo aksincha, buyuk sardorlar qudratli "mana" egasi hisoblangan.

"Mana" tushunchasi "Tabu" soʻzi bilan bevosita bogʻliq. Nimaiki "mana" egasi boʻlsa, oʻsha narsa xavfli, yaʼni unga tegish man qilingan — Tabu qoʻyilgan. Polineziya xalqlarida juda keng tarqalgan tabu tizimini kim buzsa, rioya qilmasa, qabila boshliqlari, zodagonlar tomonidan qattiq jazolangan. Shuningdek, oʻsha davr tasavvurlariga koʻra, tabuni buzgan odamni gʻayri tabiiy kuchlar, ruhlar, xudolar kasallik yoki oʻlim bilan jazolaydi, deb tushunilgan. Orolliklarda xudo va ruhga, kohin va qabila boshliqlariga aloqador boʻlgan hamma narsa tabulashtirilgan. Tabu tizimi jamiyatda tabaqalanishni ifodalagan. Tabu obʼyektlari — buyumlar, soʻzlar, hayvonlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Aksariyat tabular moddiy buyumlarga taalluqli bo‘ladi. Tabu insoniyat jamiyati shakllanayotgan davrda individ xattiharakatini jamoa manfaatlariga bo‘ysundirish ehtiyoji bilan bogʻliq ravishda kelib chiqqan bo‘lishi mumkin1.

##submission.citations##

Омонтурдиев А.Профиссионал нутқ эвфемикаси Т.Узбекистон Республикаси Фанлар /академияси “Фан” нашриёти 2006,

Омонтурдиев А. Ўзбек нутқининг эвфемик асослари -Т.:.Қодирий номидаги халқ мероси , 2000.128-6.

Омонтурдиев А.Бир сўз луғати.-Термиз: Бойсун, 1996.45-6

Омонтурдиев А. Ўзбек тилининг қисқа эвфемик луғати .Т.:

##submissions.published##

2024-10-05