ULUG’BEK HAMDAM HIKOYALARINING LINGVOPOETIK TAHLILI
Keywords:
Kalit so‘zlar: hikoya, ko‘chim, talqin, uslub, tasvir, voqelik, xarakter, personaj, tasvir, tasviriy vosita.Abstract
Annotatsiya Ulug‘bek Hamdamning “Vatan haqida qo‘shiq” hamda “Pillapoya” hikoyalari an’anaviy psixoanalitik yo‘nalishdagi ramziylikka asoslangan hikoyalaridan biridir. Har qanday badiiy asarning saviyasi, uning badiiyligi, tasvir usullarining rang-barangligi undagi voqealar rivojining ketma-ketligi va ishonarliligi bilan belgilanadi. Ijodkorning “Vatan haqida qo‘shiq”, hikoyasida reallik bilan g‘ayritabiiylikning hamda ertaknamo usullarning fanatastika bilan chatishib ketganligining guvohi bo‘lamiz. Ijodkor hikoyalarida bugungi kunning dolzarb muaamolarini falsafiy g‘oyalar orqali ochib berishi e’tiborga loyiq. Yozuvchi hikoyalarining bayon uslubi, shakl va mazmun jihatidan uyg‘unligi, an’anaviy va modernistik uslubning uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Ijodkorning “Vatan haqida qo‘shiq”, “Pillapoya” hikoyalarida tasvir vositalari, personajlarning xatti- harakatlarini tasvirlashda ko‘chim turlarining sermahsulligi bilan ajralib turadi. “Vatan haqida qo‘shiq” hikoyasida vatanga muhabbat, o‘tmish ajdodlarimizning o‘z yurtiga bo‘lgan fidoyiliklari, ajdodlarimizning ko‘rsatgan jasorati bosh qahramon obrazi orqali ochib beriladi. “Pillapoya” da esa moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi yorqin obrazlarda tasvirlab beriladi.
References
Dilmurod Quronov “Adabiyot nazariyasi asoslari”. Toshkent “Navoiy universiteti” 2018
Tohir Shermurodov “ Hikoyalar, nihoyalar… ” maqolasi. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati ” gazetasi, 1991 yil 5 aprel.
Bahodir Karim “Ruhiyat alifbosi”. Gʻofur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijod uyi. Toshkent-2018
Qozoqboy Yo‘ldosh “Yoniq so‘z”. Toshkent “Yangi asr avlodi” 2006
No‘mon Rahimjonov “Badiiy so‘z yestetikasi”. Gʻofur Gʻulom nomidagi nashriyotmatbaa ijod uyi. Toshkent-2017
Umarali Normatov “Umid baxsh tamoyillar”. Toshkent “ Ma’naviyat ” 2000