MEHNAT HUQUQI SUBYEKTLARI
##semicolon##
Kalit soʻzlar: Mehnat huquqi subyektlari, mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi, mehnat munosabatlari, vakillik organlari, ish beruvchi, texnologik vositalar, yuridik fakt, xodim.Abstrak
Annotatsiya: Bugungi kunda mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda mehnat huquqining barcha subyektlari huquq va manfaatlari bir xil darajada ta’minlanyapti deyish qiyinroq. Ayrim hollarda ish beruvchi xodimlarning manfaatlarini buzgan holda ularni noqonuniy ishdan bo‘shatish, qonuniy ravishda ishga tiklamaslik holatlari uchrab turibdi. Mehnat qilish huquqi insonning eng muhim tabiiy huquqlaridan biri sifatida umumeʻtirof etilgan xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan. Fuqarolar ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlarning eng keng tarqalgani – mehnat munosabatlaridir. U turli mulkchilik shakliga asoslangan, xilma-xil usullarda xoʻjalik faoliyat yurituvchi korxona, muassasa va tashkilotlarga ishga kirish asosida vujudga keladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mehnat munosabatlarining subyektlari boʻlishi – ularning huquqiy mavqeyiga bogʻliq. Jahon hamjamiyatida koronavirus infeksiyasi qarshi kurashish maqsadida insonlarning harakatlanishiga qoʻyilgan cheklovlar natijasida korxonalar oʻzlarining faoliyatini butunlay yoki qisman toʻxtatishga majbur boʻldi. Natijada iqtisodiyotning turli sohalarida mehnat qilayotgan oʻzining ish haqi bilan bogʻliq daromadiga ega xodimlarning manfaatlariga jiddiy putur еtdi. Amaliyotda xodimlarning vakillik organlari o‘zlariga qonunchilikda belgilab qo‘yilgan huquqlarni to‘laqonli ravishda amalga oshirilmasligi boʻyicha tadqiqot ishlari va chet-el olimlarining fikri va mulohazalari oʻrganib chiqilib amalga oshirilgan ishlar tahlili boʻyicha qoʻshimcha taklif va tavsiyalar keltirilib oʻtilgan.
##submission.citations##
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019 y., 03/19/527/2706-son. http://www.lex.uz.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 10.01.2019 y., 03/19/514/2450-son. http://www.lex.uz.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 616-I-son Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018 y., 03/18/501/2056-son. http://www.lex.uz.
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktyabrda qabul qilingan « Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risid»gi O‘RQ-501-son Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018 y., 03/18/501/2056-son. http://www.lex.uz.
O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-328-son Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019 y., 03/19/531/2799-son. http://www.lex.uz.
O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2019 yil 5 martda qabul qilingan «2019 yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida»gi PQ-4227-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019 y., 07/19/4227/2782-son. http://www.lex.uz.
O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2018 yil 7 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PQ-4008-son qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2018 y., 07/18/4008/2168-son. http://www.lex.uz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrda qabul qilingan «O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 297-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018 y., 09/18/434/1339-son. http://www.lex.uz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1066-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018 y., 09/18/1066/2428-son. http://www.lex.uz.