O‘rta bo‘g‘in rahbar xodimlarida liderlik namoyon bo‘lishining ijtmoiy-psixologik xususiyatlari
##semicolon##
lider, shaxs, mas'uliyat, yetakchi, lider turlari, mehnat jamoasidagi lider, shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirish.##article.abstract##
Ushbu maqolada O‘rta bo‘g‘in rahbar xodimlarida liderlikni namoyon bo'lishi bo'yicha empirik tashkil etilgan natijalar asosida ilmiy-nazariy muhokama qililingan. Shuningdek, liderlik holati, odatda, guruhning norasmiy munosabatlar tizimida amalga oshadi. Biron-bir shaxsning lider darajasida tan olinishi unga hissiy yaqinlikni, uning ish bilan bog‘liq bo‘lgan qator fazilatlarini yuqori baholashni va ushbu shaxsning guruh manfaatlariga e’tiborliligini anglatadi. Lider - guruhning hamma a’zolari tomonidan tan olingan shaxs. Maqolada muallif liderning qadriyatlar tizimidagi asosiy jihati - guruh manfaatini har narsadan ustun qo‘yish, doimo guruh oldiga qo‘yilgan vazifani yechishga sidqidildan kirishish va bu jarayonda jamoani safarbar eta olishidir-deb hisoblaydi.