GOSPITAL TA’LIMDA KIMYO FANINI O‘QITISHNING NOAN’ANAVIY USULLARI
Keywords:
Mehrli maktab, gospital, gematologiya, virtual laboratoriya, gibrid usuli, ensiklopediya, element,elektron darslik.elektron stol.Abstract
Ushbu maqolada gospital maktablarda kimyo fanini o‘rgatishda raqamli ta’lim manbalari, internet manbalari, didaktik materiallar va vazifalari keltirilgan. Maqola pedagog xodim bilim berishining noan’anaviy va an’anaviy hamda zamonaviy innovatsiyalarni qo‘llash yordamida o‘quvchilarda kimyo fanini kundalik faoliyatda qo‘llashni, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish, turli o‘qitish metodlaridan foydalangan holda dars o’tish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirishni; jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlashni, tabiiy – moddiy resurslardan oqilona foydalanishni maqsad qilgan.