DAVLAT KORXONALARIDA SAMARADORLIK TAHLILINI ТАШКИЛ ЭТИШ XUSUSIYATLARI
Abstract
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini xolis va haqqoniy baholashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. “...mamlakatda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas”[1]. Respublikamizda davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyat samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar me’yorlaridan korxonalar faoliyatida yetarlicha foydalanilmayapti. Mamlakatimizda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha xalqaro mezonlar va standartlarga mos yaxlit tizimni shakllantirish, uyg‘un metodikani yaratish korxonalar moliyaviy holatini reyting baholash amaliyoti va uni takomillashtirishni taqozo etmoqda.