XORAZM VOHA TABIIY VA ANTROPOGEN DENDRAFLORASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: antropogen, dendraflora, landshaft, saksovul, boyalich, qo‘ytikan, infratuzilma, eroziya.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada Xorazm vohasining tabiiy va antropogen dendraflorasi o‘rganiladi. Tabiiy sharoitlar va inson faoliyati natijasida vohada shakllangan o‘simliklar dunyosi, xususan, daraxt va butalar qoplamining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tabiiy dendraflora vohaning yarim cho‘l va cho‘l ekotizimiga moslashgan, suv resurslari atrofidagi to‘qayzorlar, cho‘l o‘simliklari hamda tog‘ va adir hududlari uchun xos bo‘lgan ko‘chatlardan iborat. Antropogen dendraflora esa insonlar tomonidan qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik va obodonlashtirish maqsadida shakllantirilgan bo‘lib, vohaning ekologik tizimini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Xorazm vohasining tabiiy va antropogen dendraflorasi tabiiy resurslarni himoya qilish, eroziya va cho‘llanish jarayonlarini oldini olishda, shuningdek, hududning ekologik holatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot natijalari Xorazm vohasining ekologik barqarorligini ta’minlash va biologik xilma-xillikni saqlash uchun samarali choralar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Rusanov F.N., Slavkina T.I. “O‘zbekiston dendrologiyasi”.-T: Tom GUIzd-vo “Fan” 1972., 368 b.
Q.Haydarov, Q.Hojimatov “O‘zbekiston o‘simliklari”- o‘quv qo‘llanma, T-1992, 32-bet.
X.O‘.Bekchanov, M.X.Abdusharipova, O.A.Xasanova “Xorazm viloyati dendralogiyasi” – monografiya, T-2022.
G‘.Yo‘ldoshev “Meliorativ tuproqshunoslik”: Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun darslik — Т-2008,125-bet.
The State of the world’s FOREST GENETIC RESOURCES country report The Russian Federation.